Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir xo‘roz bo‘lgan ekan. Xo‘roz koʻpgina bolalari bilan birgalikda fermada yashar ekan. Kunlardan bir kuni fermaning egasi bitta mushuk olib kelibdi. Shu kundan buyon u joʻjalarni yeyishga urinarkan, lekin tutolmas ekan.
Men xo‘roz bolalarini tunda olib qochib ketaman, buni albatta qila olaman, chunki hozir kech bo‘lgan-ku, deb o‘ylabdi. Tong otgach, keyin kech bo‘lishini kutibdi. Mushuk tunda xo‘rozning yoniga boribdi. U yerda xo‘roz bir tomonda, ikkinchi tarafda bolalari uxlab yotganini ko‘ribdi. Mushuk shunday imkoniyatdan foydalanib, xo‘rozning bitta bolasini oʻgʻirlabdi. Ammo bexosdan xoʻrozni uygʻotib yuboribdi. Choʻchib tushgan xoʻroz darrov bolalarini sanay ketibdi. Qarasa, bittasi yoʻq. Bolasini mushuk oʻgʻirlaganini sezgan xoʻroz toʻgʻri uning uyiga yuguribdi va bolasini mushuk changalidan xalos etibdi.
Shundan soʻng mushuk ularga umuman yaqinlashmabdi.
Alisher SOBIRJONOV,
Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 4-sinf oʻquvchisi