Malayziyadagi SEPANG trassasida tarixda ilk bor “FIA ASIA PACIFIC MOTORSPORT CHAM-PIONSHIP 2023” motorsport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘ldi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridan (23 davlat) 5 ta yo‘nalishda 171 nafar sportchi qatnashib, ularning 15 nafarini O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtosport va karting milliy federatsiyasi (NAFKU) FIA (Xalqaro avtosport federatsiyasi) a’zosidir. Karting va slalom kartingiga oid musobaqalarni, shu jumladan, sportchilarni tanlash va saralash yuzasidan musobaqalarni o‘tkazmoqda. Shiddatli va murosasiz kechgan chempionatda Uychi tumanidagi 6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Yasmina Egamberdiyeva kuchli uchlikdan joy oldi. Shunday qilib, Yasmina 2023-yilgi O‘zbekiston Respublikasi avtosport milliy terma jamoasiga qo‘shildi.
Asmonur REJABBOYEVA