Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Orzular olamiga yetaklagan asar

“Sen oʻz harakatlaring bilan yashayapsan, jisming bilan emas… Sen – oʻzingni harakatlaringdasan, sendan boshqa sen yoʻq. Shunday qatʼiy qoida bor: ertalab uygʻondingmi, yuz-qoʻlingni yuv, oʻzingni va oʻz sayyorangni tartibga keltirib qoʻy”.

“Kichkina shahzoda” asaridan

 

XX-asr fransuz ada­biyotining yirik namoyan­dasi, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, Antuan de Sent-Ekzyuperining o‘zgacha uslubda yozilgan “Kichkina shahzoda”si kitobxonlarga yaxshi tanish.

Adibning murg‘ak bola koʻngli beg‘uborligi, kattalarga xos aql-zakovati, do‘stlik sadoqati kabi xislatlar yorqin ifodalangan poetik asari dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kitob 140 million nusxada, ya’ni eng ko‘p sotilgan kitoblar sirasida yetakchi o‘rinlarda turadi.

Teran fikrlashga o‘rgatib, tasavvur va tafakkur ufqlarini boyitib, ichki olamimizni poklaydigan mazkur asar o‘quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalaydi.

Xayolimizdagi talaygina tushunchalarni o‘zgartirishga, atrofga chiroyli nigoh bilan boqib, har bir kun-u lahzani ezgulik ulashishga da’vat etuvchi kitobni o‘qir ekansiz, ruhingiz yanada quvvatlanadi.

“Kichkina shahzoda” mazmun-mohiyati bilan jahon adabiyotidagi biror-bir asarga o‘xshamaydi. Dastlab sodda tuyulgan, ammo mutolaadan so‘ng uzoq vaqtgacha qalbimizni nihoyasiz o‘ylarga chulg‘agan bu asar inson va umr haqida bitilgan faslafiy kitoblardan falsafiy­roq, eng asosiysi, hayotiy ekanini anglab yetasiz.

Maqsadli yashashga, orzular yo‘lida tartibli rejalar bilan harakatlanishga undov­chi asar sizni go‘zallik sari yetaklaydi.

Jahongir NOMOZOV


Isroil YUSUPOV