Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Qarisi bor uy

Sinfdoshim Madinaga havasim keladi. Sochi menikidan ham uzun, yana mayda qilib oʻrdirib yuradi. Qanday vaqt topadi, hayronman. Odobli, saranjom-sarishta. Madina bir kuni meni xonadoniga taklif etdi, oʻshanda yakshanba edi. Ona tilidan esse yozishga tayyorlanishimiz kerak. Uyidan chaqirganimda ichkaridan kimdir “Kelave­ring, sochini buvijonisiga oʻrdiryapti”, dedi. Salom berib, ayvondagi xontaxta yoniga oʻtirdim va jim kuzatdim. Buvisi har bir oʻrim sochni oʻrayotib, hikmat, maqol, hadislardan namuna aytar ekan.

Madina nima uchun iboli-yu hayoli desam, buvijonisining oʻgitlarini qulogʻiga olar ekan-da. Dono xalqimiz bejiz “Qarisi bor uyning parisi bor”, demagan. Sharqona axloqimizga, bebaho oilaviy qadriyatlari­mizga aslo koʻz tegmasin. Mehribon momolarimiz baxtimizga sogʻ-salomat boʻlishsin. Oʻshandan buyon sochimni maydalatib oʻrdiraman. Onajonim esa purma’no pand-nasihat, ibratli hikoyatlarni soʻzlaydilar.

Noila ALIJONOVA,

Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV