Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Zangori archa

Katta oʻrmon yoqasida yakka oʻsadigan zangori archa bor ekan. Hayvonlar uning barglarida oʻsgan mevalarini tikon deb oʻylab, unga yaqinlashishmas ekan.

Yangi yil bayrami munosabati bilan hamma oʻzicha uyi yonidagi olma, chinor, eman kabi daraxtlarni bezata boshlabdi. Ammo hech qaysinisi oʻzgacha koʻrk bagʻishlamabdi. Shunda ayiqpolvon boyagi archaning shoxlariga oʻzi olib kelgan koʻpgina yaltiroq oʻyinchoqlarni birma-bir ilibdi.

Qarasaki, bu hammasidan goʻzal chiqibdi. Yangi yil kechasi barcha hayvonlar chiroqlari yonib turgan archa atrofiga toʻplanishibdi, tevaragida aylanishibdi. Endi uning ignali barg­laridan choʻchimay qoʻyishibdi.

Shundan buyon archa yangi yil ramzi boʻlib qolgan ekan.

Eldorbek MUHIDDINOV,

Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 2-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV