Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

O‘rmondagi hashar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir o‘rmonda bo‘ri, tulki, olmaxon, quyon va tipratikan bo‘lgan ekan. O‘sha o‘rmonda baxtli hayot kechiri­shar ekan.

Qishning ayozli sovug‘ida kuchli bo‘ron ko‘tarilibdi. Shunda olmaxon yashaydigan qayin daraxti qulab tushibdi. Bundan xabar topgan hayvonlar darrov yetib kelishibdi va olmaxonga yong‘oq daraxtiga uy qurib berishibdi.

Yangi uy bitgach, olmaxon do‘stlariga somsa, yong‘oqli pechenye va quritilgan qo‘ziqorinlardan ilinibdi. Ular taom-u yeguliklarni birga baham ko‘rishibdi. Hamjihatlikda va xursand yashashibdi.

Demak, mehr-oqibat ulashishdan aslo chekinmaylik, ­olamni faqat yaxshilik bilan bezaylik.

O‘g‘ilxon YUSUFJONOVA,

Uchqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV