Bu yil 8-sinfni tamomladim. Shunday bo‘lsa-da onamni alla aytib berishlarini bot-bot ulardan iltimos qilaman.
Qadimda dong‘i ketgan mamlakat podshosi tinmay g‘alabaga erishaverar ekan. Tez orada uning muvaffaqiyati butun dunyoga doston bo‘libdi. Hamma unda nimadir sir yashiringan, degan xulosaga kelibdi. Dushmanlar turli bo‘htonlar yog‘diribdilar. Ammo shoh bunga parvo ham qilmas ekan.
Bir kuni uning oldiga olimlar to‘planib so‘rabdilar:
– Nima uchun yurishlaringizni barchasi g‘alaba bilan tugaydi, - deb. Shunda u onasi aytgan allaning so‘zlarini birma-bir aytib beribdi.
Farzandim, jigarbandim,
Podshoh bo‘lgin elingga.
Zafarlar quchavergin,
Omad yog‘sin yo‘lingga.
Hamma hayratdan lol bo‘lib, allaning sehriga qoyil qolibdi.
Men ham onamdan oqila farzand bo‘lishim uchun alla aytib berishlarini so‘rayman.
Binafsha BAXTIYOROVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 49-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi