Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Harflar do‘stligi

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan, qadim-qadim zamonda “Alifbo” deb nomlangan ajoyib kitobda unli va undosh harflar yashar ekan.

Bir kuni ular kitob sahifalarida maza qilib o‘ynashayotganlarida “O” harfi do‘stlariga shunday debdi:

-  Do‘stlar, ertaga menikiga mehmonga kelinglar, uzoq suhbatlashamiz va birgalikda o‘ynaymiz

Bu taklifga barcha unli harflar darrov rozi bo‘lishibdi.

Unli harflar erta tongda turib mehmonga otlanishibdi. Qadrdonlarning bu bazmidan xabar topgan undoshlar ularga juda havaslanib qarabdilar. Chunki undoshlar unchalik yaqin emas ekanlar-da.

Unlilar o‘zlari bilan har xil mevalar va shirinliklardan olishibdi.

Mehmonlar jam bo‘ishibdi. Mezbon “O” harfi ularni uyiga taklif qilmoqchi bo‘lib turgan ham ekanki, undoshlar ham bir gala bo‘lib kelayotganlariga ko‘zi tushibdi.

-  Bizlarni ham uyingga kirita olasanmi, sizlar bilan do‘stlashish niyatida edik. - deyishibdi undosh harflar.

Bu taklif hammaga ma’qul bo‘libdi. Ana shundan buyon harflar bir bo‘lib, yangi so‘zlar, chiroyli gaplar tuzishni boshlabdilar.

Shukrona ALIJONOVA,

Namangan tumanidagi 39-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV