Kuni kecha Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik masʼullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Quvonarlisi, 2017-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Davlatobod tumanidagi 49-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Samira Nosirjonova 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlandi.
O‘z muxbirimiz