Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Qor parchalari

Yer yuzida endi qish boshlangan davrlarda turli qor parchalari samodan yerga sakrashga qo‘rqar ekanlar. Chunki yerda ularni nima kutishini bilishmas ekan-da. Bulutlardan bu haqda tinmay so‘rashar, hol joniga qo‘yishmas ekan.

Bir kuni osmon oynavand eshiklarini ochib, yerni qor parchalariga ko‘rsatibdi. Yerda esa qorni intizorlik bilan kutayotgan bolalar, uni ko‘rgisi kelgan keksalar bor ekan. Qor parchalari ularni ko‘rib, xursandliklaridan sakrab yuborishibdi.

-  Biz tushsak bolalar bilan o‘ynaymizmi? - savol berishibdi birin-ketin. Bulutlar ha, deb javob berishibdi. Shundan keyin laylakqorlar yerga shodlik ulashib tushadigan bo‘lishgan ekan.

Shavkatjon IKRAMOV,

Yangi Namangan tumanidagi 68-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV