Sportning o‘zbek jang san’ati turi bilan 6 yoshimdan beri shug‘ullanaman. Ustozim Diyorjon Kamolovdan mazkur yo‘nalishda saboq olmoqdaman. Hozirga qadar yurtimizning turli viloyatlarida o‘tkazilgan musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladim. Oila a’zolarim har doim meni qo‘llab-quvvatlashadi. Bu esa o‘zimga cheksiz ishonch, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi.
2024-yilda mamlakatimizda ilk marotaba bo‘lgan o‘zbek jang san’ati bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘ringa erishdim. Ushbu bellashuvda dunyoning 30 davlatidan 6 ta yosh toifasidagi sportchilar o‘zaro kuch sinashishdi. Tadbir jarayonida juda ko‘p do‘stlar orttirdim. Kelgusida xalqaro arenalarda yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraman.
Durdona G‘AYBULLAYEVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 36-maktabning 3-sinf o‘quvchisi