Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Ona tilim, sen borsan shaksiz...

Faxrimiz, iftixorimiz bo‘lgan o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘ldi. Muhim sana munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek viloyati­miz xalq ta’limi tizimlarida ham “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatobod tumanidagi 64-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ana shunday viloyat seminari “Nazmda, navoda tebrangan - tilim” deb nomlandi.

Viloyatimizning turli shahar va tumanlaridagi 52 ta umumta’lim muassasalarining uslubchilari, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etgan seminar doirasida ona tili va ada­biyot fanlari bo‘yicha ochiq darslar, seminar mashg‘ulotlar, ona tilimizni ulug‘lovchi, uning boyligi va betakrorligini ifodalovchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Ishtirokchilar ilm maskani ustoz muallimlarining o‘quvchilarga ona tili va adabiyot fanlarini zamonaviy, ilg‘or pedagogik usullardan foydalangan holda mahorat bilan o‘rgatayotganliklari, o‘quvchilarning izlanish va intilishlari­ni yaqindan kuzatdilar.

Seminarda ishtirok etgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmo­nov, Davlatobod tumani hokimining o‘rinbosari Tohirjon Mamasiddiqov ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ona tili va adabiyot fanlarini chuqur va mukammal o‘rgatishning o‘quvchilar kamolidagi ahamiyatiga e’tibor qaratdilar.

 


Isroil YUSUPOV