Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

O‘rmondagi do‘stlar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadimda bir ajoyib o‘rmonda tulki, bo‘ri, ayiq, chumoli va boshqa jonzotlar ahil-inoqlikda yashar ekanlar. O‘rmonga yaqin joydagi kichkina uychada Madina va Shirina ismli qizchalar ham istiqomat qilar ekanlar. Opa-singillar o‘rmondagi hayvonlar haqida bilishar ekan-u, ammo hech gaplashishmagan ekan. Bir kuni qizlar uylarida shirin kulcha pishiribdilar. Nonning xushbo‘y hidi esa butun o‘rmonni tutibdi.

Ayiqning ishtahasi ochilib, uy tomon yuribdi. Unga tulki va bo‘ri ergashibdi. Buni ko‘rgan qushlar qizchalarning qo‘rqib ketishlaridan xavotirga tushibdilar. Tom ustida tinmay sayrabdilar. Sezgir Shirina Madinani ogohlantiribdi. Derazadan qarasalar, barcha o‘rmon jonivorlari to‘planishibdi. Madina hech ikkilanmay shirin kulchalarni deraza yoniga savatchasi bilan qo‘yibdi. O‘rmon ahli bittadan olib yebdilar. O‘sha voqea qizlarning hayotidagi esda qolarli kun bo‘libdi.

Jasurbek INOMJONOV,

Namangan shahridagi 51-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV