Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Namanganlik o‘quvchi Osiyoda ikkinchi

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Quvonarlisi, qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda milliy terma jamoa a’zosi, Namangan tumanidagi 39-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Shodiyona Meliqo‘ziyeva kumush medalga ega chiqdi.

U 19-22-mart kunlari Rossiya­ning Moskva shahrida qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda oltin medalni ham qo‘lga kiritgandi.

Yurtimiz bayrog‘ini jahon maydonlarida baland hilpiratishga o‘z hissasini qo‘shgan sportchining istiqbolli faoliyatiga omad va yorqin zafarlar tilaymiz.

O‘z muxbirimiz


Isroil YUSUPOV