Kunlar sovib, esayotgan shamol daraxtlar bargini ayovsiz silkita boshlabdi. Hatto qalin oʻrmonlarda ham bu katta-katta daraxtlarga tasir etibdi. Nimjongina barglar tanasidan uzilib, yerga tushib boraveribdi. Avvaliga daraxtlar bunga shunchaki shamolning injiqligi deb qarashibdi. Bora-bora daraxtlarning barglari toʻkilib, tabiat novdalarning oltin libosini yulqib olayotganday tuyulibdi. Voqelikni balanddan kuzatib turgan oʻrmondagi eng katta daraxtning oltinrang bargi shunchaki uzilib yer qariga singib ketishni oʻziga ep koʻrmadi. Uning yuzlarini silab turgan quyoshdan anchagina quvvat toʻplab olibdi-da, bir qarorga kelibdi. Hayotini shunchaki dugonalarinikiday boʻlishini istamabdi. Oʻzining hayoti boshqacharoq boʻlishi kerakligini tushunibdi. U yana qaysidir qalin oʻrmondagi hozirgiday baland daraxtning eng goʻzal, eng sevimli yaprogʻi boʻlishi mumkinligini tasavvur qilib sevinibdi. Butun oʻrmonga bir nazar tashlabdi-da, xayrlashgan boʻlibdi. Oʻzi bilan goʻzalligini, aqlini, ishonchini va jur’atini ham olib ketibdi.
Olima TURSUNBOYEVA,
Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 34-umumta’lim maktabining 10-sinf oʻquvchisi