Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Qorparchaning jasurligi

Mitti Qorparcha har gal yangi yil bayramini alohida tayyorgarlik va intizorlik bilan kutadi. Shu kuni qandaydir mo‘jiza hodisasini xohlaydi. Ammo yangi yil yaqinlashay deganda uxlab qolaveradi. Uyg‘onganida esa hayot avvalgiday davom etayotgan, shodiyona shukuhi tugagan bo‘ladi.

Bu yil uxlab qolmaslikka o‘ziga qattiq va’da berdi. Yil boshida yozgan maqsad-rejalariga birma-bir nazar tashladi. Ularning deyarli hammasiga erishganidan qoniqib, xursand holda kulib qo‘ydi.

O‘sha kecha kipriklariga uyqu qo‘nmadi. Tashqari ko‘rinadigan derazaga tikilib turdi. To‘satdan oynagan tekkan narsadan cho‘chib tushdi. Darrov ochib qaramoqchi ediki, xonasiga quyoshdek yorug‘ yulduz uchib kirib, javon tagiga yashirindi. Yorug‘ligi endi gilam gullarini aniq-tiniq akslantirardi. Qorparcha ko‘zlarini pirpiratib, voqeani anglolmay oynani yopib, pardasini to‘sib, javon yoniga cho‘kdi.

– Ey yulduzcha, tinchlikmi, qayerdan hovliqib kelyapsan, - so‘radi unga boqib. Yulduzcha qo‘rqa-pisa uni eski yilning xatoliklari o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishganini, agar olib ketishsa, yangi yilga bezatiladigan ulkan archa yulduzsiz qolishini, keyin minglab bolalarning orzulari amalga oshmasligi mumkinligini aytdi.

Qorparcha bariga tushunganday bosh irg‘adi. Ertasiga uni sumkasiga solib, quyuq o‘rmon tomon jo‘nadi. Uzoq yurib, yangi yil archasini topdi. Yulduzchani chiqarib, daraxtning eng baland shoxiga osdi. O‘rmon yorishdi. Qorparcha esa mamnun kayfiyatda uyiga qaytdi. 31-dekabr kuni u uxlab qolmadi. Soat tungi 12:00 ga bong urgan pallada o‘rmondagi  hayvonlar sovg‘alar bilan qorpar­chaning uyiga kirib kelishdi.

Mehribon ABDUVOHIDJONOVA,

Đšosonsoy tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV