Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

FAXRIMIZ — GʻURURIMIZ

Maktabimizda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bayrogʻimiz — faxrimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda ta’lim va ilm–fan boshqar­masi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Abdurahmonov, tengdoshlarimiz, oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Jarayonda boshlangʻich sinf oʻquvchıları tomonidan Davlat bayrogʻini madh etuvchi she’rlar, milliy qoʻshiqlar va kuylar ijro etildi.

Boshqarma boshligʻi oʻz soʻzida Davlat bayrogʻi mamlakat mustaqilligi, xalq birdamligi va milliy gʻururi­mizning muqaddas ramzi ekanini ta’kidladi.

Tadbir bizning qalbimizda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va davlat ramzlariga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qildi.

Ziynatbonu MUXIBULLAYEVA,

Namangan shahridagi 31-umumta’lim maktabining 10-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV