Davlatobod tumanidagi “Shohrux shaxmat klubi”da 7, 9, 11, 13, 15, 17 yoshli o‘quvchilar hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo’lib o‘tdi.
Bellashuvning viloyat bosqichi jami 150 nafardan ortiq o‘quvchi va 24 nafar o‘qituvchini qamrab oldi.
Murosasiz bahslar bilan qiziqarli tus olgan bellashuv yakuniga ko‘ra barcha yosh toifalari bo‘yicha jami 12 nafar o‘g‘il-qiz, shuningdek 2 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.
Ma’lumot o‘rnida: tanlovning mamkalat bosqichi joriy yilning 4 – 9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.