Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Intiluvchan qurbaqa

Kunlarning birida qurbaqalar to‘dasidan  ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib  olib  -  “Bo‘ldi endi,  shu  yerda o‘lib ketasizlar… hadeb  sakrayverishdan foyda  yo‘q”,  der  edilar.   Uzoqqa  bormay,  ikki  qurbaqaning  biri qo‘rquv va qattiq  tushkunlik  oqibatida nobud  bo‘ldi.  Ikkinchi  qurbaqa  esa,  tinmay sakrashda davom etardi.  Har  safar uringanda, ilgarigisidan balandroq sakrar edi.  Ammo, yuqoridagi qurbaqalar  hamon: “Bo‘ldi qil endi!  Foydasi yo‘q”  deyishar  edi. Ko‘p  o‘tmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Tepadagi qurbaqalar  qattiq  taajjubda edilar. So‘ng undan  so‘rashdi: “Buni qanday  uddala­ding?!”   U  jim turardi.  Keyin bilishsa, uning quloqlari eshitmas ekan.  Har safar  uni sakrashdan qaytarganlarida, ular qo‘llab-quvvatlamoqdalar, deb o‘ylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan.

Qissadan hissa shuki, intilishingiz va katta muvaffaqiyatlarga eishishingizda atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlariga ahamiyat bermang!


Isroil YUSUPOV