Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Qish ilhomlari

Oppoq, yumshoq, pagʻa-pagʻa boʻlib yogʻayotgan qorlarni koʻrib, koʻzim quvonadi. Unda butun borliq poklikka burkanib, minnatdor tabassum qilib turganini koʻrasan kishi.

Goʻzallikka bezangan laylakchalarning hech bir bir-biriga oʻxshamaydi. Balki shundan boʻlsa kerak, qishni nafosat va kumush fasl deyilishi.

Erta tongda darvozang oldidan oʻtib ketayotgan qadam tovushlarini bemalol payqaysan. Gʻarch-gʻurch, ha yangi maqsadlar va orzular sari yangi yoʻldan boradi odamlar.

Tunlari chiroqning shu’lasida shunday ta’riflab boʻlmas maftunkorlik jilvalanadiki, uni koʻrib qalbing yayrab ketadi.

Bir-biridan nafis tabiatning suratini koʻrib musavvirga qoyil qolasan kishi.

Ijod toʻlqinlarining mavjlari ham betimsol qorlarning quvnoq qoʻshiqlari­ga uygʻunlashib ketadi.

 

Durdona HOMIDOVA,

Uchqoʻrgʻon tumanidagi 35-umumta’lim maktabining

7-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV