Belorussiya respublikasining Minsk shahrida taekvondo ITF bo‘yicha 14 - 17 yoshlilar hamda faxriylar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazidi. O‘zbekiston nomidan 21 nafar sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10 -sinf o‘quvchisi Ziyoda Abdulhamidova 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ziyodaning kelgusi ishlarida omad tilaymiz.
O‘z muxbirimiz