Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

ODOBLI DOʻSTLAR

Qishlogʻimizning barcha odamlari mehribon va kamtar, ochiqkoʻngil, halol kishilar.  Keksalari donishmand, hamisha duogoʻy, yoshlari esa odobli, aql-idrokli. Men oʻqiyotgan maktabda ham Tohirjon va Akbarjon ismli yigitlar tahsil olishadi. Ularning juda ham qadrdon, ahil-inoq doʻstligi, bir-biriga mehribonligi haqida deyarli hamma biladi.

Kunlarning birida ana shu ikki doʻst uy vazifalarini bajarib boʻlishibdi. Keyin esa mahalladagi Salima buvining uyiga yordamga chiqibdilar.  Hovlida oʻtinlarni yorishga oʻylanib turgan buvi bundan juda sevinibdi. Ular hovlidagi barcha ishlarni hamjihatlikda bajarib qoʻyibdilar. Bolalarning mehnatkash va odobliligidan buvining boshi koʻkka yetibdi.

 

Ulugʻbek ABDULQOSIMOV,

Yangiqoʻrgʻon tumanidagi  34-umumta’lim maktabining 4-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV