Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Tashabbus keltirayotgan 1200 $

Ilm-ma’rifat muvaffaqiyatlar asosi. Kosonsoy tumanidagi 13-umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi Rahimjon Fozilov o‘z faoliyati, tashabbuslari asosida buni amalda isbotlab kelayotgan muallimlardan biri.

15 yillik pedagogik tajribaga ega o‘qituvchi maktabning o‘zidan 7 mln. so‘m maosh oladi. O‘z ustida tinim­siz izlanishdan charchamaydigan o‘qituvchi, shuningdek, qo‘shimcha o‘quv kursi tashkil qilgan bo‘lib, o‘quvchilarga informatika va matematika fanlarini chuqur o‘rgatib, oliy ta’limga tayyorlamoq­da. Mingga yaqin o‘quvchi­ga zamonaviy bilimlarni puxta o‘rgatib, istiqbol sari dadil yetaklayotgan mohir muallim ushbu qo‘shimcha mashg‘ulotdan oyiga 6 mln. so‘m daromad topmoqda.

Kosonsoyning chekka hududi­da faoliyat yuritayotgan tashabbuskor o‘qituvchining izlanishlari nafaqat tumandagi, balki butun viloyat miqyosidagi hamkasblariga ibrat va o‘rnak.

                                                                                                                                                                                                                                    Asmonur REJABBOYEVA


Isroil YUSUPOV