Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Xalqaro tanlovdagi zafar

Kosonsoy tumanidagi 31-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Dilshoda Vahobjonova musiqa va raqs  bilan 5 yoshidan buyon shug‘ullanib keladi. Respublika hamda xalqaro miqyosdagi qator tanlovlarda toblangan iste’dod egasi yaqinda Moskvada o‘tkazilgan “KLADOVAYA TALANTOV”  xalqaro onlayn bolalar tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur tanlovda u ejro etgan “Andijon do‘ppisi” raqsi ol­qishlarga sazovor bo‘ldi. Zafarli odimlarga hamohang u Londonda o‘tkazilgan xalqaro onlayn “ART LONDON FEST” tanlovida ham milliy raqsni mahorat bilan ijro etib, muvaffaqiyat qozondi.


Isroil YUSUPOV