Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Koʻklam koʻrki

Bahorning ilk kunlari doʻstim bilan qishlogʻimizdagi eng baland tepalikka chiqdik. U yerdan butun olam kaftdek koʻrinar ekan. Bepoyon kengliklar, osmonoʻpar binolar, uylar, rang-barang tomlar, uyoqdan-buyoqqa yashil kuylagini silkitayotgan teraklar – hamma-hammasi shunchalar chiroyliki, ularga boqib zavqing oshadi beixtiyor.

Bahorning yoqimli shabadasidan qalbimiz yayrab, uzoq-uzoqlarga tikilgancha tabiatni kuzatdik. Qirlar bagʻrini yorib chiqqan boychechaklar bilan birga salomlashib ortga qaytayotgan edik, qoʻshni mahalladagi Nurmat boboni uchratib qoldik.

Bobo qoʻllarida turli nihollarni olib bogʻ tomon kelayotgan ekanlar. Doʻstim bilan darrov yordamga shoshildik. Qoʻllaridagi daraxt koʻchatlarini oʻtqazib, suv quydik. Nurmat bobo nihol koʻkarib katta daraxt boʻlishini va koʻpchilikka nafi tegishini tilab, duo qildilar.

Boburjon RUSTAMJONOV,

 Uychi  tumanidagi 11-umumta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV